Qirg‘iziston qo‘sh maqsadli tovarlar eksporti ustidan nazorat kuchaytirilganini bildirdi. Avvalroq The Washington Post AQSh Rossiyaga sanksiyalarni chetlab o‘tishda yordami uchun mamlakatga qarshi sanksiyalar tayyorlayotganini yozgandi. Qirg‘iziston MXDQ sanksiyalarni xususiy kompaniyalar buzishi mumkinligini tan oldi.
Qozog‘iston G‘arb sanksiyalarini buzmaslik uchun Rossiyaga tovarlar eksporti ustidan nazoratni kuchaytirmoqchi. Avvalroq jurnalistlar Qozog‘istondagi kompaniyalar orqali Rossiyaga RFning Ukrainadagi armiyasi ehtiyojlari uchun dron va mikrochiplar tashilayotgani to‘g‘risidagi surishtiruvni e’lon qilgan edi.
YeI Rossiyaga «ikki maqsadli» texnologiyalarga ega texnikalar olishga yordam beradigan davlatlarga savdo cheklovlarini joriy etishni rejalashtirmoqda. Gap, xususan, YeIdan Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonga eksport qilinayotgan kir yuvish mashinalari, eski avtomobillar va fotokameralar haqida bormoqda.
Rossiya kompaniyalari sanksiyalarni chetlab o‘tish uchun Qozog‘istondagi hamkorlarini zarur tovarlarni import qilishda yordam so‘rovlari bilan ko‘mib tashlamoqda, deb yozmoqda Reuters. Gap turli mahsulotlar — telefonlar, elektronika, nodir metallar, bank kartalari uchun materiallarni yetkazib berish haqida bormoqda.
Yevropa Ittifoqi ilg‘or Yevropa texnologiyalari va Rossiya Ukrainada harbiy maqsadlarda foydalanishi mumkin bo‘lgan boshqa tovarlar importini keskin oshirgan davlatlarga murojaat qilishni rejalashtirmoqda. Gap Turkiya, BAA hamda Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari haqida ketayotgan bo‘lishi mumkin.
AQSh, YeI va boshqa davlatlar Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi. IT-kompaniyalar, banklar, jismoniy shaxslar ham cheklovlar ostida qoldi. Jumladan, MegaFonga nisbatan eksport cheklovlari joriy etildi. U sanksiyalardan uch kun oldin O‘zbekistondagi qo‘shma korxona ta’sischilari safidan chiqqan edi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting